Barcha ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 sentyabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 296-sonli  qarori ijrosi yuzasidan, kelgusida markazlashtirilgan tartibda xaridni amalga oshirish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarning byudjetni aniqlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi So‘g‘liqni saqlash vazirligining ishchi organi "Ozmedimpeks" DM tomonidan marketing bozori tadqiqotini e’lon qiladi.

1-ilovada sotib olish uchun zarur bo‘lgan tovarning ro‘yxati, doza va miqdor ko‘rsatilgan.

2-ilovada sotib olish rejalashtirilgan tovarlarning texnik topshiriqlari ko‘rsatilgan.

        3-ilovada narx va yetkazib berish shartlari ko‘rsatilgan holda tijorat taklifini taqdim etish shakli ko‘rsatilgan.

Mahsulotning dastlabki texnik malakasini o’tkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun aloxida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy to’ldirib, tasdiqlovchi materiallar (sertifikatlar, mavjud registratsiya, ko’rsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024 yil 15 may soat 18:00 ga qadar info@uzmedimpex.uz elektron adresga yuborishingizni so’raymiz.

Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlarini ko’rsatishingizni so’raymiz.

Yetkazib berish, imzolangan shartnoma kuchga kirgandan so’ng, 120 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Ishlab chiqaruvchi bo’lmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.

Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.

To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv to’lov.

 Ilova qilinadi:

1-sonli ilova;

2-sonli ilova;

3-sonli ilova.

Актуальные заявки

Наши партнеры