Marketing Tadqiqotlari

Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlariga

До окончания осталось:

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Prezidentining 07-sentyabr 2019-yildagi “Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishni yanada yaxshilash chora tadbirlari to’g’risida” PQ-4440-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi organi “O‘zmedimpeks” davlat muassasasi tomonidan orfan dori vositalari va bolalar uchun maxsus mo'ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.

 

1-ilovada zarur dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotining ro‘yxati va miqdori ko‘rsatilgan.

 

2-3 ilovada xarid qilinayotgan dori vositasi va oziq-ovqat mahsulotining texnik topshiriqlari taqdim qilingan.

 

Mahsulotning dastlabki texnik malakasini o’tkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun aloxida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy to’ldirib, tasdiqlovchi materiallar (ko’rsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024 yil 07 may soat 18:00 ga info@uzmedimpex.uz elektron adresga yuborishingizni so’raymiz.

 

Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlarini ko’rsatishingizni so’raymiz.

 

Yetkazib berish, imzolangan shartnoma kuchga kirgandan so’ng, 120 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

 

Ishlab chiqaruvchi bo’lmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.

 

Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.

 

To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv to’lov. 

 

ilovalar taqdim qilingan.

      1-ilovada

      2-ilovada

      3-ilovada

Наши партнеры