Marketing Tadqiqotlari
Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlariga
До окончания осталось:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.07.2018 yildagi “Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 567-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi organi “O‘zmedimpeks” davlat muassasasi tomonidan gripga qarshi mavsumiy vaksina xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.
1-ilovada zarur dori vositasining ro‘yxati va miqdori ko‘rsatilgan.
2- ilovada xarid qilinayotgan dori vositasining texnik topshiriqlari taqdim qilingan.
Mahsulotning dastlabki texnik malakasini o’tkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun aloxida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy to’ldirib, tasdiqlovchi materiallar (ko’rsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024 yil 03 may soat 18:00 ga info@uzmedimpex.uz elektron adresga yuborishingizni so’raymiz.
Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlarini ko’rsatishingizni so’raymiz.
Yetkazib berish, imzolangan shartnoma kuchga kirgandan so’ng, 120 kun ichida amalga oshirilishi kerak.
Ishlab chiqaruvchi bo’lmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.
Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.
To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv to’lov.
ilovalar taqdim qilingan.1-ilovada