Marketing Tadqiqotlari

Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlariga

До окончания осталось:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasalikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-14-sonli qarori ijrosi ta’minlash va dori-darmonlarni markazlashgan xaridini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zmedimpeks” davlat muassasasi ishchi organi tomonidan OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishiga barham berilishini ta’minlash maqsadida OIV infeksiyali onadan tug‘ilgan 0-6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga quruq sut aralashmasini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

1-ilovada quruq sut aralashmasining nomi va miqdori ko‘rsatilgan.

2-ilovada quruq sut aralashmasining texnik topshirig‘i taqdim qilingan.

Mahsulotning dastlabki texnik malakasini o’tkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun aloxida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy to’ldirib, ma’qullovchi materiallar (ko’rsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024-yil 7-mart soat 18:00 ga info@uzmedimpex.uz elektron adresga yuborishingizni so’raymiz.

Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlari va xizmat ko’rsatish markazlarining mavjudligini ko’rsatishingizni so’raymiz.

Yetkazib berish, imzolangan shartnoma kuchga kirgandan so’ng, 90 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Ishlab chiqaruvchi bo’lmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.

Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.

To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv to’lov.

1va 2-ilovalar taqdim qilingan.

Ilova №1

Ilova №2

 

Актуальные заявки

Наши партнеры