Marketing Tadqiqotlari
Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga
До окончания осталось:
O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi organi - "O‘zmedimpeks" DM tomonidan qon va uning komponentlarini yig‘ish, saqlash va yetkazish uchun konteynerlar xarid qilinishini e’lon qiladi.
1-ilovada yillik ehtiyoj, tibbiy buyum vositasi shakli, xarid uchun miqdor va bir birlikning boshlang‘ich narxi, 2-ilovada sotib olish rejalashtirilgan tibbiy buyum vositasi bo‘yicha texnik topshiriq ko‘rsatilgan. Tovarlarni boshlang‘ich narxiga aniqlik kiritish maqsadida "O‘zmedimpeks" DM tomonidan bozor tadqiqotlari o‘tkazilayotganligi sababli, Sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqliq jadvali asosida, har bir aniq parametrlarni to‘ldirib, zarur materiallar bilan (yo‘riqnoma, broshyura, katalog va boshqalar) 2024 yilning 2 fevral kuniga qadar info@uzmedimpex.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, ya’ni, xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun - DAP - Toshkent.
To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilarga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditivli to‘lov.