Marketing Tadqiqotlari
Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga
До окончания осталось:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.2019 yildagi VMQ-185 - sonli Buyrak va jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash" bo‘yicha qaroriga asosan, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining "O’zmedimpeks" DM tomonidan markazlashtirilgan immunosupresiv dori vositalari xaridini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi organi “O’zmedimpeks” Davlat muassasasi tomonidan potensial yetkazib beruvchilar safini kengaytirish uchun marketing tadqiqoti e’lon qilinadi.
1-ilovada yillik ehtiyoj, doza, xarid uchun, 2-ilovada sotib olish rejalashtirilgan dori vositalari bo‘yicha texnik topshiriq ko‘rsatilgan. Tovarlarning texnik baxolashni amalga oshirish uchun sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqliq jadvali asosida 3-ilova, har bir aniq parametrlarni to‘ldirib zarur materiallar bilan (ro‘yxatdan o‘tkazganlik xaqida guvohnoma, sertifikat va.bosh) taqdim etishingizni so‘raymiz.
Ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilarning vakolatli distribyutorlari ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv hatini 4-ilovaga muvofiq taqdim etishlari kerak. Zarur hollarda “O’zmedimpeks” DM hujjatning haqiqiyligi to‘g‘risida so‘rov yuborishi mumkin.
Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, ya’ni, xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun - DAP - Toshkent.
To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – 15% oldindan to‘lov, qolgan - 85% tovarlar to‘liq qabul qilingandan so‘ng, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% xujjatli qaytib olinmaydigan akkreditivli to‘lov.
Shu bilan birga, tanlov ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 iyundagi 185-sonli qarori nizomiga muvofiq farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya ega bo‘lishi va taqdim etishi kerakligini hisobga olishi kerak, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurchi sotish va saqlash qoidalariga muvofiq, shuningdek ushbu nizomga ko‘ra taklif etilayotgan dori vositasining qiymati, vositachilar sonidan qat’iy nazar, xarid narxining 15% dan (import qiluvchilar uchun) va sotish narxining 15% dan (mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun) va referent narxidan oshmasligi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.04.2022 yildagi 149-sonli qaroriga muvofiq dori vositalarini raqamli yoriqlash (sana matritsasi kodi, QR) uchun javobgarlik “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan davlat xaridi ishtirokchisiga va dori vositasini ishlab chiqaruvchisiga yuklatilgan.
Mahalliy ishlab chiqaruvchining dori vositalari O’zbekiston Respublikasining nazorat qiluvchi organida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi, ishlab chiqaruvchisi ishlab chiqarish joyi uchun amaldagi milliy GMP sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalar zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Ilova qilingan hujjatlar to‘plami 2024 yil 3 may kuni soat 18:00 ga qadar info@uzmedimpex.uz elektron manziliga alohida quyidagi xujjatlardan iborat bo‘lgan holda yuborilishi shart:
- nomi, xalqaro nomi, dozasi, extiyoji, boshlang‘ich narxi 1-ilovaga muvofiq;
- texnik topshiriq bilan solishtirish 2-ilovaga muvofiq;
- narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi 3-ilovaga muvofiq;
- avtorizatsiya yoki mahsulot ishlab chiqaruvchisi bilan kelishuv 4-ilovaga muvofiq.