O‘zbekistonda qaysi dorilarni bepul olish mumkin?

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari 70 turdagi dori vositalarini  bepul olishi mumkin. Shuningdek, unga gemodializ oladigan bemorlar uchun dorilar ham kiritilgan. 

Dori vositalarini ikki holatda bepul olish mumkin:

1. Stasionar – shifoxonada davolanish vaqtida;

2. Ambulator – shifokorning resepti bilan dorixonadan yoki tibbiyot muassasasining dorilarni tarqatish xonasidan olish mumkin. 

Qanday dorilar beriladi?

Dori-darmonlar orasida qon bosimini tushiradigan, spazmolitiklar, antibiotiklar, oshqozon-ichak kasalliklari uchun dorilar, endokrinologik, gormonal, antigistaminlar va vitaminlar mavjud. Ro‘yxatda gemodializ oluvchi bemorlar uchun dori-darmonlar – albumin, temir preparatlari, geparin, protamin ham mavjud. 

Bepul dori-darmonlarni qanday olish mumkin?

1. Yashash joyidagi poliklinikaga biriktirilishingiz;

2. Hududiy terapevt, ixtisoslashgan shifokor nazorati ostida bo‘lish yoki dispanserda ro‘yxatdan o‘tish;

3. Shifokor ko‘rigidan o‘tib, dori-darmonlar ko‘rsatilgan resept olish kerak;

4. Dori-darmonlarni resept bo‘yicha dorixonadan yoki tibbiyot muassasasida dori vositalarini tarqatish uchun maxsus xonadan olish mumkin.

  Dori-darmonlar, nomiga qarab, 5, 15 kun yoki bir oyga berilishi mumkin.

Актуальные заявки

Наши партнеры