Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlariga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3846-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi organi “O‘zmedimpeks” davlat muassasasi tomonidan gemodializ muolajalari uchun sarflov vositalari va bir martalik filtrlar xarid qilishni rejalashtirmoqda.

1-ilovada zarur sarflov vositalarining ro‘yxati va miqdori ko‘rsatilgan.

2-ilovada xarid qilinayotgan sarflov vositalarining texnik topshiriqlari taqdim qilingan.

Mahsulotning dastlabki texnik malakasini o’tkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun aloxida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy to’ldirib, tasdiqlovchi materiallar (ko’rsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024 yil 25 mart soat 18:00 ga info@uzmedimpex.uz elektron adresga yuborishingizni so’raymiz.

Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlarini ko’rsatishingizni so’raymiz.

Yetkazib berish, imzolangan shartnoma kuchga kirgandan so’ng, 120 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Ishlab chiqaruvchi bo’lmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.

Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigachaxorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.

To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv to’lov.

1-2 va 3-ilovalar taqdim qilingan.


Ilova № 1

Ilova № 2

Ilova № 3

Наши партнеры