Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlariga
1-ilovada zarur jihozlarning ro‘yxati va miqdori ko‘rsatilgan;
2-ilovada xarid qilinayotgan jihozlarning texnik topshiriqlari taqdim qilingan;
3-ilovada narx va yetkazib berish shartlari koʻrsatilgan holda tijorat taklifini taqdim etish shakli koʻrsatilgan.
Mahsulotning dastlabki texnik malakasini o’tkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun aloxida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy to’ldirib, ma’qulovchi materiallar (ko’rsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024 yil 23-oktabr soat 18:00 ga info@uzmedimpex.uz elektron adresga yuborishingizni so’raymiz.
Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlari va xizmat ko’rsatish markazlarining mavjudligini ko’rsatishingizni so’raymiz.
Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.
To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv to’lov.
Diqqat! Siz tomondan taqdim etiladigan takliflar xarid qilinadigan tovarlarni boshlangʻich xarid narxini aniqlashda muhim hisoblanib, ushbu tovarlarni xaridini amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etayotgan vaqtda narx boʻyicha taqdim etiladigan takliflarga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shundan kelib chiqib, xarid jarayonlarida ishtirok etmoqchi boʻlgan ishtirokchilarga marketing tadqiqotlari boʻyicha takliflarni taqdim etishda faol ishtirok etishingiz soʻraladi!
Ilovalar: