Barcha ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarga

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-avgustdagi “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-255-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Soʻgʻliqni saqlash vazirligining ishchi organi - "Ozmedimpeks" DM tomonidan marketing bozori tadqiqotini eʼlon qiladi.

1-ilovada sotib olish uchun zarur boʻlgan tovarning roʻyxati koʻrsatilgan.

2-ilovada sotib olish rejalashtirilgan tovarlarning texnik topshiriqlari koʻrsatilgan.

        3-ilovada narx va yetkazib berish shartlari koʻrsatilgan holda tijorat taklifini taqdim etish shakli koʻrsatilgan.

Mahsulotning dastlabki texnik malakasini oʻtkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun alohida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy toʻldirib, tasdiqlovchi materiallar (sertifikatlar, mavjud registratsiya, koʻrsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024-yil 15-iyul soat 18:00 ga qadar info@uzmedimpex.uz elektron adresga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlarini koʻrsatishingizni soʻraymiz.

Ishlab chiqaruvchi boʻlmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.

Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.

Toʻlov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv toʻlov.

Diqqat! Siz tomondan taqdim etiladigan takliflar xarid qilinadigan tovarlarni boshlangʻich xarid narxini aniqlashda muhim hisoblanib, ushbu tovarlarni xaridini amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etayotgan vaqtda narx boʻyicha taqdim etiladigan takliflarga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shundan kelib chiqib, xarid jarayonlarida ishtirok etmoqchi boʻlgan ishtirokchilarga marketing tadqiqotlari boʻyicha takliflarni taqdim etishda faol ishtirok etishingiz soʻraladi! 

Ilovalar:

1-sonli ilova;

2-sonli ilova;

3-sonli ilova. 

Наши партнеры