Barcha manfaatdor tashkilotlarga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025- 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qaroriga muvofiq xarid byudjetini oldindan rejalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zmedimpeks” DM ishchi organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalari uchun xaridi rejalashtirilgan tibbiy jihozlarning narxi bo‘yicha dastlabki marketing ishlarini olib bormoqda.

         Hozirgi vaqtda ushbu uskunalar uchun yakuniy texnik topshiriqlar shakllantirilmagan.

         Yuqoridagilarni inobatga olib, sotib olinishi rejalashtirilgan tibbiy jihozlarning ro‘yxatini ko‘rib chiqishingizni va info@uzmedimpex.uz elektron manziliga 2025-yil 7-fevral soat 17:00 gacha taqdim qilinayotgan tibbiy jihozning narxi, tibbiy jihozning modeli va texnik xususiyatlari ko‘rsatilgan tijorat taklifingizni taqdim qilishingizni so‘raymiz.

 

         Tibbiy jihozlar ro‘yxati ilovada keltirib o‘tilgan.

Актуальные заявки

Наши партнеры